Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijodiy qobiliyat genga bog‘liqmi? Mazkur yulduz merosxo‘rlar ota-onalarining izidan bormoqda. Ular nafaqat ota yoki onasining kasbini tanlagan, balki ular bilan birgalikdagi loyihalarda ishtirok etishni boshlagan.

Blyu Ayvi Karter — Beyonsening qizi

Muxlislar yaqin kelajakda Blyu Ayvi ham onasi Beyonse kabi mega-mashhur bo‘lishiga ishonadi. Qizaloq katta sahna nimaligini beshikdanoq biladi. Hozir u 12 yoshda, ammo allaqachon Qirolicha B bilan chiqish qilmoqda. Blyu Ayvi musiqa bilan shug‘ullanib, 2019-yilda “Qirol sher” filmining saundtregini ijro etgani uchun Soul Train mukofotini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u ota-onasi bilan birgalikda “Brown Skin Girl” qo‘shig‘ini yaratishda ishtirok etdi va bu haqiqiy oilaviy yutuqqa aylandi.

Hozirda esa Blyu Ayvi onasi bilan sahnaga chiqadi. Ko‘pincha u sahnalarda o‘ynaydi va Beyonse bilan hamkorlik qiladi.

Mersi Jeyms, Ester Chikkoni — Madonnaning qizlari

Madonnaning eng mashhur qizi — Lurdes Leon. Qiz model va qo‘shiqchi sifatida karyerasini qurmoqda, lekin yulduz onasidan alohida ishlaydi. Ajablanarlisi shundaki, Madonna bilan sahnada ancha kamtar va unchalik taniqli bo‘lmagan qizlari chiqish qildi — asrab olgan qizlari Mersi Jeyms va Ester Chikkoni. Madonna ularni oktyabr oyida o‘zining konsertlaridan birida keng jamoatchilikka tanishtirgan. Balki, u qizlarining prodyuseri bo‘lishni rejalashtirayotgandir?

Mersi musiqa bo‘yicha ajoyib iste’dodga ega. Masalan, ushbu konsertda u “Bad Girl” qo‘shig‘ini ijro etish paytida pianinoda Madonnaga hamrohlik qildi. Ester esa ajoyib raqqosa. Qizlar yulduz onasining konsertiga ko‘rk bag‘ishlab, xalq mehrini qozongan ajoyib jamoaga aylandi.

Paks Ten va Maddoks Sivan — Anjelina Jolining o‘g‘illari

Anjelina Jolining asrab olgan o‘g‘illari birinchi bo‘lib “Ular avval otamni o‘ldirgan” biografik dramasida rol o‘ynashdi. Filmga ularning onasi rejissyorlik qilgan. O‘shanda Paks Ten atigi 11 yoshda, Maddoks Sivan esa 14 yoshda edi. Buning ajablanarli joyi yo‘q. Shunday qilib, Paks suratga olish maydonchasida fotograf sifatida ishlagan.

Ammo Meddoks yanada mas’uliyatli va kattaroq ish — rollardan birini ijro etdi. Anjelina bolaning o‘z kasbiga berilib ketganini, shuningdek, kamera qarshisida bo‘lishni xohlayotganini tan oladi.

North Uest — Kanye Uestning qizi

Ehtimol, bu qiz yulduz bolalar orasida eng qobiliyatlilaridan biridir. North Uest – ajoyib rasmlar chizadi, makiyaj qilishni biladi va blog yuritishda o‘zini sinab ko‘rmoqda. Yaqinda uning sevimli mashg‘ulotlari ro‘yxati kengaydi — yulduzning merosxo‘ri musiqa bilan shug‘ullanmoqda. North Mayamida otasi Kanye Uestning shousida ishtirok etdi va u erda o‘zining birinchi “Talking / Once Again” singlini taqdim etdi. Kichik Uest xonim hali yakkaxon trekka qo‘l urganicha yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »