Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Doktor Haus” seriali Xyu Lorining ajoyib ijrosi va jozibali personajlari tufayli mashhur bo‘ldi. Dastlabki epizod 2004-yil 16-noyabrda Fox telekanalida, yakuniy epizod —177-qism esa 2012-yil 21-mayda namoyish etilgan. Birinchi qism chiqqanidan keyin yigirma yil o‘tganiga ishonish qiyin.

Xyu Lori

Xyu Lorining “Vikodin”ga qaram bo‘lgan diagnostik tibbiyot markazi rahbari Gregori Haus roli Britaniya imperiyasi ordeni, ikkita “Oltin globus” va butun dunyo bo‘ylab yuz minglab muxlislar armiyasini olib keladi.

Serialning olamshumul mashhurligi Loriga o‘z faoliyatini Gollivudda davom ettirishga imkon beradi. Serial tugaganidan beri Xyu o‘nlab film va teleseriallarda, jumladan, “Tungi menejer”, “Kelajak yeri” filmlarida suratga tushadi. Bo‘sh vaqtida Lori musiqa chalishni yaxshi ko‘radi va blyuz guruhiga asos solgan. 1989-yilda aktyor teatr ma’muri bo‘lib ishlaydigan Jo Grin bilan turmush qurgan va ularning uch farzandi bor.

Liza Edelshteyn

Liza Edelshteyn serialda endokrinolog va Prinston-Plainsboro shifoxonasi rahbari doktor Liza Kadi rolini o‘ynaydi. Uning qahramoni oxirgi fasldan tashqari barcha fasllarda bor. Loyihadagi ishtirokini tugatgandan so‘ng, aktrisa “Kominskiy usuli”, “Yaxshi shifokor”, “Kasl”, “Boshlang‘ich” va boshqa teleseriallarda ishtirok etadi. Uning so‘nggi asari 2023-yilda chiqqan “Qushcha” dramasi bo‘ldi.

Robert Shon Leonard

“Doktor Haus” filmidagi doktor Jeyms Uilson roli bilan tanilgan Robert Shon Leonard “O‘lik shoirlar jamiyati” filmidagi roli bilan ham mashhur edi. Har doim faol teatr aktyori bo‘lgan Robert serialdagi ishtiroki tufayli teatrdagi ishini vaqtinchalik to‘xtatib turadi. “Haus”ning sakkizinchi mavsumidan so‘ng Leonard teatrga qaytadi. U Etan Xok bilan birgalikda Brodvey shoulariga ixtisoslashgan, lekin vaqti-vaqti bilan filmlarda chiqib turadigan teatr kompaniyasiga asos solgan. Uning kichik rollari orasida “Yaxshi xotin”, “Qora ro‘yxat” va “Toza qon” filmlari bor.

Umar Epps

Hausning diagnostika guruhida doktor Erik Forman rolini o‘ynagan Umar Epps serial tugagandan so‘ng televideniyedagi aktyorlik faoliyatini davom ettiradi. U “Tirilish” mistik dramasida rol o‘ynaydi. Keyinchalik Epps o‘zini ssenariylar yaratish va yozishda sinab ko‘rishga qaror qiladi. O‘shandan beri u bir nechta loyihalarda ishtirok etadi.

Jennifer Morrison

Ellison Kemeron rolini o‘ynagan Jennifer Morrison “Haus”ning oltita mavsumida ishtirok etadi, shundan so‘ng u loyihani vaqtincha tark etadi. Biroq prodyuserlar uni oxirgi mavsumga qaytishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ladi. “Doktor Haus” tugagandan so‘ng aktrisa ABC telekanalida “Bir vaqtlar” serialida bosh rolga tasdiqlanadi. Morrison “Yulduzli yo‘l” va “Dahshatli Amitivillya” kabi loyihalarda ham suratga tushgan. 2019-yilda u Umar Epps bilan “Bu biz” serialida ishtirok etadi. 2017-yilda aktrisa Netflix’da “Quyosh ko‘ppaklari” filmida rejissorlik debyutini qiladi.

Jessi Spenser

Jessi Spenser triodagi doktor Robert Cheyzni o‘ynaydi. Serial tugagandan so‘ng, u yana bir mashhur dramatik shou – “Chikago o‘t o‘chirivchilari”ga qo‘shiladi va u yerda leytenant Metyu Keysi rolini ijro etadi. Bo‘sh vaqtida Spenser Xyu Lori tomonidan asos solingan blyuz guruhida skripka chaladi. “Doktor Haus”ni suratga olish vaqtida aktyor bosh roldagi Jennifer Morrison bilan uchrashib yuradi va hatto 2006-yilda unashtirilganliklarini e’lon qiladi, biroq tez orada ularning to‘yi bekor qilinadi.

Oliviya Uayld

Oliviya Uayld taniqli aktrisa bo‘lganiga qaramay, “Doktor Haus” serialidagi ishtiroki uning mashhurligini sezilarli darajada oshiradi. Serialni suratga olish jarayonida u “Taxt”, “Kovboylar o‘zga sayyoraliklarga qarshi” va boshqa loyihalarda ham rol o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan. “Haus”ni tugatgandan so‘ng, aktrisa ko‘plab yangi loyihalarga takliflar oladi.

Piter Jeykobson

Kris Taub rolini o‘ynagan Piter Jeykobson xiyonat va ajralish kabi shaxsiy muammolarga duch keladigan diagnostika guruhining aqlli, ammo o‘ziga ishonmaydigan a’zosini o‘ynaydi. Shaxsiy muammolariga qaramay, u Haus jamoasining muhim va qimmatli a’zosi ekanligini isbotlaydi. Serial tugaganidan keyin u bir nechta televizion loyihalarda, jumladan “Rey Donovan”, “Amerikaliklar”, “Dengiz politsiyasi: Los-Anjeles” filmlarda ishtirok etadi. Piterning eng so‘nggi ishtiroki Disney+ serialidagi “Asoka” filmida bo‘lgan.

Sharlen I

Sharlen I uyatchan va introvert yosh shifokor bo‘lib, yakuniy mavsumda Hausning ta’siri ostida o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklaydi. Uning aktrisalik faoliyati asosan ovoz berishga qaratilgan, jumladan “Stiven koinoti”, “Ayiqlar haqida barcha haqiqatlar” va “Mitchellar mashinalarga qarshi” filmlari dublyajida ishtirok etgan. Uning so‘nggi loyihasi “Yozgi lager oroli” filmi bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »