Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik tadbirkor Mixail Sutyaginskiy Qozog‘istonda qidiruvga berildi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Foto: “TASS”

Ma’lum qilinishicha, 12-fevral kuni Olmaotada qidiruv ishi qayd etilgan. Tashabbuschi Qozog‘iston respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi.

“Olmaota politsiya boshqarmasi tomonidan 2002-yil mart oyida o‘lim fakti bo‘yicha M. A. Sutyaginskiyga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 99-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 30-yanvar kuni u qotillikni tashkil etishda gumonlanuvchi deb topildi”, — deyiladi shahar ichki ishlar boshqarmasi xabarida.

Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 99-moddasi 2-qismiga ko‘ra, g‘arazli sabablarga ko‘ra odam o‘ldirish 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish bilan jazolanadi.

  • Roskongress fondi veb-saytida Mixail Sutyaginskiy “Titan” kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi sifatida ko‘rsatilgan. 1962-yil 1-yanvarda tug‘ilgan. 2007-yilda u Omsk viloyati Qonunchilik assambleyasining deputati bo‘lgan. 2007-yildan 2011-yilgacha davlat dumasi deputati, iqtisodiy siyosat va tadbirkorlik qo‘mitasining a’zosi sanalgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »