Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon hukumati tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidenti Araik Arutyunyanni, shuningdek, armiya qo‘mondoni Jalol Arutyunyanni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqda Ozarbayjon bosh prokurori Kamran Aliyev ma’lum qildi.

Foto: Sputnik
“Araik Arutyunyan, Jalol Arutyunyan, shuningdek, David Babayan 2020-yildagi 44 kunlik urush paytida sodir etgan jinoyatlari yuzasidan xalqaro qidiruvda”, — dedi u.

Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Boku Qorabog‘ning 300 dan ortiq amaldor va qo‘mondonlarini xalqaro qidiruvga bergan.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi avvalroq 29-sentabr kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi sobiq tashqi ishlar vaziri, uning prezidenti maslahatchisi David Babayan hibsga olingani haqida xabar bergandi.

Babayan 2020-yilda agressiv urush boshlash va olib borish, yollanma askarlarni yollash, jinoiy buyruqlar berish va boshqa moddalar bo‘yicha ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan. 28-sentyabr kuni Babayan Ozarbayjon hukumatiga taslim bo‘lishga qaror qilganini aytgan.

  • 27-sentyabr kuni Ozarbayjon hukumati Qorabog‘dan Armanistonga ketmoqchi bo‘lganida rossiyalik milliarder va taniqli investor, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi “hukumati” rahbari bo‘lgan Ruben Vardanyanni qo‘lga olgan. Ertasi kuni unga “terrorizmni moliyalashtirish” ayblovi qo‘yilgan. Vardanyan to‘rt oy hibsga olingan.
  • 29-sentabr kuni Ozarbayjon tomoni Qorabog‘ armiyasining sobiq qo‘mondoni, general-leytenant Levon Mnatsakanyanni ham qo‘lga olgan.
  • 28-sentabr kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ prezidenti Samvel Shahramanyan 2024-yil 1-yanvardan respublikaning mavjudligini tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Aholiga Ozarbayjon tomonidan taqdim etilgan “reintegratsiya shartlari bilan tanishish” va Qorabog‘da qolish imkoniyati to‘g‘risida “mustaqil va individual qaror” qabul qilish buyurilgan.

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Qorabog‘da yashovchi 120 ming aholining 100 mingdan ortig‘i Armanistonga ko‘chib o‘tgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »