Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qorabog‘dagi harbiy tuzilmalar o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv doirasida qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarini topshirmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Ozarbayjon Mudofaa vazirligi
“25-sentyabr holatiga ko‘ra, ular sakkizta zirhli texnika, 37 ta dala artilleriyasi, bir nechta raketa va minomyotlar, 3 200 dan ortiq o‘qotar qurollar, tankka qarshi qurollar va havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, 435 mingga yaqin o‘q-dorilarni topshirdi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan artilleriya qurollari, turli maqsadlardagi harbiy texnika, qo‘l granatalari va boshqa o‘q-dorilar Kelbajar tumanidagi yig‘ish punktiga olib ketilgan.

Armaniston armiyasining qurolsizlangan askarlariga Qorabog‘ hududini ikkita yo‘lak orqali tark etish ta’minlandi, deb xabar bermoqda Ozarbayjon IIV.

Ular Lochin — Xonkandi va Kelbajar — Basarkechar yo‘nalishlarida shaxsiy transport va avtobuslarda chiqib ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 19-sentyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” bo‘yicha aksilterror operatsiyasini boshladi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston Ozarbayjon bilan harbiy harakatlarni amalga oshirish niyatida emasligini qayd etdi.

20-sentyabr kuni Qorabog‘ sulh va qurolsizlanish haqida eʼlon qildi. Ertasi kuni Ozarbayjonning Yevlax shahrida mamlakat hukumati vakillari bilan Qorabog‘dagi arman millatiga mansub aholi o‘rtasida muzokaralar boshlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »