Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qorabog‘da 19—20-sentabr kunlari o‘tkazilgan “mahalliy aksilterror tadbirlari” davomida 192 nafar ozarbayjonlik askar halok bo‘ldi.

Foto: Anadolu

Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, qurbonlarning 180 nafari Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, 12 nafari esa Ichki ishlar vazirligi xodimlaridir. Bundan tashqari, xabarda aytilishicha, bir fuqaro ham halok bo‘lgan.

SSV bayonotiga ko‘ra, 511 nafar harbiy xizmatchi va bir fuqaro jarohatlangan.

Qorabog‘dagi aksilterror operatsiyasi

19-sentabr kuni Ozarbayjon “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida Qorabog‘da mahalliy aksilterror tadbirlarini e’lon qildi va tan olinmagan respublika hududini o‘qqa tuta boshladi. Bu arman tomonining provokatsiyalari, jumladan, Ahmadbeyli—Fuzuli—Shusha trassasida avtomobil portlashi oqibatida ozarbayjonlik politsiya xodimlarining halok bo‘lishi bilan izohlangan.

20-sentabrda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi – uning shartlaridan biri Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish va arman harbiylarini tan olinmagan respublikadan olib chiqib ketish edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 20-sentabr kuni Qorabog‘da rossiyalik tinchlikparvar kuchlar halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Ular orasida tinchlikparvar kontingent qo‘mondoni o‘rinbosari Ivan Kovgan ham bor. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Vladimir Putin bilan suhbatda sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »