Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qorabog‘da Xonkandi—Askeran avtomobil yo‘li yaqinidagi gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda “Interfaks” tan olinmagan respublika sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Foto: Armen press

290 nafar yarador tibbiy muassasalarga yetkazildi, deyiladi SSV bayonotida, unga ko‘ra, “o‘nlab odamlarning ahvoli o‘ta og‘ir”.

Tan olinmagan Qorabog‘ SSV “yonib ketganlar haqida maʼlumotlar yetishmayotgani”, ular bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida ekanini maʼlum qildi. Bunday odamlar qancha ekani noma’lum.

 “Tog‘li Qorabog‘ning tibbiy imkoniyatlari hayotni saqlab qolish uchun yetarli emas, zudlik bilan tez tibbiy yordamdan foydalanish zarur”, — deb yozdi Qorabog‘dagi inson huquqlari bo‘yicha ombudsman Gegam Stepanyan 25-sentyabr kuni kechqurun.

Ozarbayjon markaziy hokimiyati Xonkandidagi portlash qurbonlarini davolash uchun tibbiy yordam yubordi.

“2023-yilning 25-sentyabr kuni Xonkandi shahri yaqinidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Shu munosabat bilan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida 200 kishini davolash uchun kuyishga qarshi tibbiy buyumlar, bog‘lamlar, qo‘lqoplar, dori-darmonlar (spreylar, kremlar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, antibiotiklar va boshqalar) bo‘lgan tez tibbiy yordam mashinasi yuborildi”, — deyiladi Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati xabarida.

O‘z navbatida Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarga ega shifokorlar guruhi portlashda yaralanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Xonkandiga vertolyotda uchib ketganini ma’lum qildi.

Rossiya tinchlikparvar kontingenti shifokorlari ham jabrlanganlarga yordam ko‘rsatmoqda, deb yozdi “Interfaks” tinchlikparvar kuchlarning norasmiy Telegram-kanaliga tayanib.

Tog‘li Qorabog‘dagi Xonkandi —Askeran trassasi yaqinidagi “zapravka”da 25-sentyabr kuni kechqurun portlash sodir bo‘ldi.

Tan olinmagan respublika parlamenti deputati Metakse Akopyan portlash sodir bo‘lgan gaz ombori Armanistonga ketayotgan odamlarni yonilg‘i bilan taʼminlaganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »