Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston Ozarbayjon ustidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro sudiga da’vo arizasini berdi. Qorabog‘dagi vaziyat tufayli Yerevan Bokuni irqiy diskriminatsiyaning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani buzganlikda ayblamoqda.

Foto: BMT

Armaniston Ozarbayjondan hammaga Qorabog‘ni tark etish imkoniyatini berishni, shuningdek, BMT va Qizil Xoch xodimlarining mintaqadagi arman aholisi bilan uchrashishini ta’minlashni, hududning kommunal tizimini tiklashni va tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining fuqarolik holati aktlarini haqiqiy deb tan olishni talab qilmoqda.

Armaniston, shuningdek, Ozarbayjon harbiylarini Qorabog‘dagi tinch aholi punktlaridan olib chiqib ketishni va mintaqadagi arman yodgorliklarini buzishni taqiqlashni talab qilmoqda.

Da’vo arizasiga ko‘ra, Ozarbayjon BMTga talablarni bajarish choralari to‘g‘risida ariza taqdim etilganidan keyin bir oy ichida, so‘ngra yakuniy qaror qabul qilingunga qadar har uch oyda hisobot berishi kutilmoqda.

Ozarbayjon 19—20-sentyabr kunlari “aksilterror choralari” natijasida Qorabog‘ hududi ustidan nazoratni to‘liq tikladi. 1990-yillarning boshidan beri mavjud bo‘lgan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining hokimiyati o‘z-o‘zini tarqatib yubordi.

Ikki haftadan kamroq vaqt ichida u yerda yashovchi 120 ming etnik armandan 100 mingi Qorabog‘ni tark etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »