Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tog‘li Qorabog‘ respublikasi 2024-yil 1-yanvardan tugatiladi. Tan olinmagan respublika prezidenti Samvel Shahramanyan tegishli farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: “NTV”
“2024-yil 1-yanvargacha uning idoraviy bo‘ysunishidagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tugatilib, Tog‘li Qorabog‘ respublikasi (Artsax) o‘z faoliyatini to‘xtatsin”, — deyiladi farmonda.

1991-yil 2-sentyabrda Qorabog‘ avtonom viloyati va Ozarbayjon SSRga tutash hududlarning bir qismi chegaralarida Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tashkil topgani eʼlon qilingandi. Respublika BMTga a’zo bo‘lgan birorta davlat tomonidan tan olinmagan. Ozarbayjon Qorabog‘ uning ajralmas qismi ekanini taʼkidlagan, Armaniston esa tan olinmagan respublikani qo‘llab-quvvatlagan. Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro 1991-yildan beri tinmagan, balki bir necha bor qurolli to‘qnashuvlar va keng ko‘lamli harbiy harakatlarga aylanib ketgan (1992—1994 va 2020-yillarda).

19-sentyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida “mahalliy antiterror choralari” o‘tkazilishini e’lon qildi. 20-sentyabrda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi – uning shartlaridan biri Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish va arman harbiylarining tan olinmagan respublikadan to‘liq chiqib ketilishi bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, Qorabog‘ armanlari va Ozarbayjon rasmiylari “reintegratsiya, Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlari va xavfsizligini taʼminlash masalalarini muhokama qilish” uchun uchrashgan, biroq kelishuvga erishmagan.

O‘n minglab armanlar allaqachon Qorabog‘ni tark etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »