Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqmo‘la viloyatida yo‘lda qolib ketgan 64 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Kazinform. Ularning 17 nafari bolalar.

Foto: Qozog‘iston FVV matbuot xizmati

Viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 15-fevral kuni Ostona—Chelyabinsk yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi Jaqsi—Yesil—Buziliq yo‘lidagi Jaqsi qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.

Jaqsi tumani qutqaruvchilari zudlik bilan chaqiruv joyiga yetib borgan. Ular buzilgan avtobusda bo‘lgan 64 nafar yo‘lovchini Jaqsi qishlog‘idagi maktabda joylashgan isinish joyiga olib borgan. Qayd etilishicha, yo‘lovchilar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.

Foto: Qozog‘iston FVV matbuot xizmati

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda harakatlanmaslikni so‘radi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »