Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda 36 yillik harorat rekordi yangilandi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Reuters

“Qazgidromet”ning taʼkidlashicha, qishning ikkinchi oyi iliq va yog‘ingarchilik bilan kechdi. Iliq qorli kunlar o‘rnini sovuq kunlar egalladi. Yanvar oyining boshi ancha iliq bo‘ldi. O‘rtacha havo harorati anomaliyasi meʼyordan 1-13 daraja yuqori bo‘lgan.

“Yuqori anomaliyalar fonida harorat rekordlari qayd etildi: 1-yanvar kuni Mang‘istov viloyatidagi Oqquduq meteorologiya stansiyasida havo harorati kun davomida 11,1 daraja iliqqacha ko‘tarildi, bu o‘sha kun uchun rekord bo‘ldi. Avvalgi rekord 2003-yilda 8,9 daraja iliq edi.
8-yanvar kuni Aqtaudagi stansiyada havo harorati kunduzi 11,1 daraja iliqni tashkil etib, 1988-yildagi rekordni (4,7 daraja iliq), 10-yanvar kuni Semeydagi stansiyada 6,3 daraja iliq kuzatilib, 1988-yil rekordini yangiladi.
Pavlodar ob-havo stantsiyasida maksimal havo harorati 3,1 darajaga ko‘tarilib, 2018-yil rekordi o‘rnini egalladi, Balxash stansiyasida esa kunduzi havo 7,1 daraja iliq bo‘lib, 1988-yildagi rekordni (1,2 daraja iliq) yangiladi”, — deya xabar berdi sinoptiklar.

Qozog‘iston janubida deyarli bahorgi ob-havo kuzatildi. Masalan, Olmaota shahrida 11-yanvarda havoning maksimal harorati 11,3 iliqni tashkil etib, 2001-yil rekordini (10,9 daraja iliq) yangilagan.

Ma’lumot o‘rnida, dekabr oyida anomal iliq havo tufayli Ostona va Pavlodarda 62 yillik rekord yangilangan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »