Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kechasi nega ko‘zingizga uyqu kelmayotganini tushuna olmayapsizmi? Bunga sabab qabul qilingan dori-darmonlar bo‘lishi mumkin. Ma’lum turdagi preparatlar uyquni kuchaytirsa, boshqalari aks ta’sir etadi.

Foto: Womanadvice

Amerikalik klinik psixolog, tibbiyot fanlari nomzodi, salomatlik va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha kitoblar muallifi doktor Maykl Breus bu haqda batafsil ma’lumot berdi.

Shamollash va grippga qarshi vositalardan tortib saratonni davolashgacha bo‘lgan ko‘plab dorilar uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Dorilar yo‘riqnomasida uning nojo‘ya ta’sirlari va boshqa dorilar bilan o‘zaro mosligi haqida to‘liq ma’lumot berilsa-da, bemor uni ko‘pincha o‘qib ko‘rmaydi, — deydi doktor.

Quyida uyquga xalaqit beradigan 5 xil dori ro‘yxati bilan tanishamiz.

1. Gripp va shamollashga qarshi dorilar

O‘tkir respirator virusli infeksiyalarga qarshi dorilar ko‘pincha shifokor ko‘rsatmasiga binoan qabul qilinadi. Bunday dorilarning tarkibida psevdoefedrin moddasi bo‘lib, uning vazifasi burun bitishining oldini olishdir. Biroq bu modda uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Psevdoefedrin allergiyaga qarshi hamda antigistamin preparatlarda ham uchraydi.

2. Nikotin plastirlari

Foto: Allencar

Nikotin plastirlari chekishga qarshi kurashda qo‘llaniladi va tamakiga qaramlikning oldini oladi. Ammo kechasi ishlatilganda uyqusizlikni keltirib chiqaradi.

3. Antidepressantlar

Antidepressantlar — bu tushkunlikka qarshi dorilar bo‘lib, bosh miyadagi baxt gormonlari, ya’ni serotonin, endorfin, dofamin va oksitotsin darajasini ko‘taradigan preparatlardir. Ayniqsa, selektiv serotoninni qayta yuklash ingibitori turiga kiruvchi antidepressantlar uyquga xalaqit berishi isbotlangan.

4. Beta blokatorlar

Beta blokatorlar yurak ishemik kasalliklari, aritmiya, gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, migren va tireotoksikoz kabi kasalliklarda qo‘llaniladi. Ushbu preparatlar melatonin — uyqu gormonini kamaytiradi. Bundan tashqari, yarim kechasi uyg‘onish, tushda qo‘rqib ketish kabilar beta blokatorlar bilan bog‘liq.

5. Xolinesteraza ingibitorlari

Xotira, diqqat va nutqning buzilishi bilan kechadigan demensiya kasalligida shifokorlar xolinesteraza ingibitorlarini tavsiya qiladilar. Dorining ta’sirida yoshi kattalarda uyqusizlik yanada kuchayadi. Buning oldini olish uchun bemorga qo‘shimcha melatonin buyurilishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »