Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning rus qo‘shinlariga qarshi kurashi uzoq masofali raketalar va artilleriya snaryadlarining yetishmasligi tufayli sustlashmoqda. Ukraina Prezidenti Myunxendagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada bu haqda ma’lum qildi, deydi Al Arabiya nashri.

Foto: Reuters

Zelenskiyga ko‘ra, Andreyevkadagi chekinish Ukraina armiyasida mavjud real muammolarning yaqqol isbotidir. Ayni damda faqat o‘q-dori taʼminotigina frontdagi barqarorlik kafolati bo‘lishi mumkin.

Ukrainani sunʼiy qurol-yarog‘ taqchilligi sharoitida qoldirish, xususan, artilleriya va oldinga siljish qobiliyatining yetishmasligi Putinga urushning hozirgi shiddatiga moslashish imkonini beradi, — dedi Ukraina rahbari.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi mart oyigacha jo‘natishni vaʼda qilgan bir million artilleriya o‘qlarining faqat yarmi yetkazib berilishini maʼlum qilgan edi. G‘arb ajratishi lozim bo‘lgan yordam paketlari kelajagi ham shubha ostida qolgan.

Xabarda aytilishicha, AQSH Donald Trampning Oq uyga qaytishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan saylovlar arafasida ekan, AQSHning Ukrainaga yordami kelajagi va uning NATOga sodiqligi borasida xavotirlar kuchaygan.

NATO rahbari Yens Stoltenberg Myunxenda AQSH Ukrainaga vaʼda qilgan yordam berilishi shart va zarur ekanligini aytgan. O‘q-dori va olis masofali raketalar bilan bog‘liq taqchillik Rossiya hujumining intensivlashuviga olib kelishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »