Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 18-fevral, yakshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja sovuq; Xorazm viloyatida kechasi 6-11 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq; cho‘l hududlarda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »