Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Maftunkor malla soch qizaloq mana to‘qqiz yildirki, butun dunyodagi odamlarning qalbini zabt etmoqda. Bugungi kunda Polina Rogovtsevaning YouTube kanallaridagi obunachilar soni 23 million kishidan oshadi va ulardan keladigan daromad butun oilasiga yaxshi yashash imkonini beradi.

Hozirgi kunda bolaning kattalar qatorida mashhur videoblogerga aylanishi hech kimni ajablantirmaydi. Biroq Polina Rogovtsevaning ota-onasi qizini YouTube yulduziga aylantirishni umuman rejalashtirmagan, chunki ushbu videoxosting saytidagi birinchi kanal shunchaki o‘yin-kulgi uchun yaratilgan.

Ammo hozir uning ikkita juda mashhur kanali bor: “Super Polina” va “Super Polina Play”. Dastlab birinchisi rus tilida, ikkinchisi esa ingliz tilida bo‘lgan. Biroq hozirda ikkala kanalda Polina rus va ingliz tilida gaplashadigan videolarni ko‘rishingiz mumkin.

Karyerasining boshlanishi

Polina 2012-yil 28-martda Rossiyada tug‘ilgan, biroq bir necha yillardan beri ota-onasi bilan AQSHda yashaydi. Uning qarindoshlari qizining shaxsiy hayotini internetdan tashqarida reklama qilishini yoqtirmaydi, shuning uchun yosh YouTube yulduzi haqida ma’lumot ko‘p emas.

Rogovtsevlarning so‘zlariga ko‘ra, Polina har doim kamera oldida suratga tushishni yaxshi ko‘radi, u o‘ziga qaratilgan e’tibordan xijolat bo‘lmay, bajonidil o‘ynaydi. Bundan tashqari, ota-onalarning ta’kidlashicha, qizaloqning o‘zi uning ishtirokida videolarni yuklash uchun YouTube’da akkaunt yaratishni so‘ragan. Bu qanchalik to‘g‘ri ekanligi noma’lum, chunki “Super Polina” kanali 2014-yilning yozida qizaloq atigi 3 yoshligida ochilgan.

Biroq kanaldagi birinchi video 2015-yilga kelibgina paydo bo‘lgan: unda Polina do‘kon oynasidagi Minion o‘yinchog‘ini zavq bilan o‘ynaydi.

Qiziqarli video yetti mingdan ortiq ko‘riladi, ammo o‘sha paytda Rogovtsevlar bunga unchalik ahamiyat bermaydi, balki vaqti-vaqti bilan oila arxividagi videolarni baham ko‘rishni davom ettirib, qizining qo‘g‘irchoqlar bilan qanday o‘ynaganini, parklarda sayr qilganini joylaydi.

Shu orada tomoshalar va obunachilar soni o‘sishda davom etadi, oxir-oqibat qizaloqning ota-onasi bolalarning YouTube kanalini doimiy daromad manbaiga aylantirishga qaror qiladi.

YouTube kanali qanday mavzularda?

Birinchi videolar, yuqorida aytib o‘tilganidek, oddiy va ma’nosiz edi: qizaloq o‘yinchoqlari bilan o‘ynaydi, bolalar shoularida qatnashadi, shirinliklar yeydi, parklarda sayr qiladi. Vaqt o‘tishi bilan har bir video puxta o‘ylangan ssenariyga ega haqiqiy shouga aylana boshladi. Katta bo‘lgan Polina nafaqat kamera oldida sovg‘alarni ochib, do‘konlarga tashrif buyuradi, balki raqsga tushadi, qo‘shiq aytadi va kulgili voqealarni ham so‘zlab beradi.

Hozirda 12 yoshli qizning kanallarida u qanday qilib soch turmaklashi va makiyaj qilishi, kiyim tikishi va original obrazlar yaratishini ko‘rish mumkin. U bularning barchasini onasi bilan qiladi, onasi ham qiziga bajonidil maslahat beradi va u bilan birgalikda zavqlanadi.

Polina har doim samimiy va quvnoq, videolari ham yengil va ijobiy atmosferaga ega, shu sababdan ham uni o‘nlab mamlakatlardan millionlab odamlar kuzatadi. Turli manbalarga ko‘ra uning YouTube kanallaridagi oylik daromadi 20 ming dollardan 300 ming dollargacha.

Pullar nimaga sarflanadi?

Onasining so‘zlariga ko‘ra, pulning katta qismi qizining o‘qishiga ketadi, AQSHda o‘qish juda qimmat: masalan, Polina ko‘p yillar davomida professional raqs bilan shug‘ullanadi, ba’zida o‘zining chiqishlari va mashg‘ulotlarining videolarini kanaliga joylashtiradi. Bundan tashqari, Amerikada bola kelajakda o‘qiydigan kollej uchun ham mablag‘ yig‘ib boriladi.

Polina Rogovtsevaning rejalari va orzulari haqida deyarli hech narsa ma’lum emas: qiz hali o‘z obunachilariga kelajakda nima qilishni istayotganini aytmagan. Biroq ba’zilar u model, qo‘shiqchi yoki raqqosa sifatida karyerasini yaratishi mumkinligini ta’kidlamoqda, chunki u buning uchun barcha qobiliyatlarga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »