Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatga tashrif buyursa, u bilan birga frontga borishga tayyorligini aytdi. Ukraina prezidenti bu haqda Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

Men Trampni Ukrainaga taklif qildim. Lekin bu uning xohishiga bog‘liq, — dedi Zelenskiy.
Foto: Google Images

Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, u AQSH prezidentligiga barcha nomzodlar, har ikki Amerika partiyasi vakillari bilan muloqotga tayyor, chunki ular Rossiya—Ukraina urushida haqiqatda nimalar sodir bo‘layotganini bilishi kerak.

Agar janob Tramp kelsa, men u bilan birga frontga borishga tayyorman. Biz urushni qanday tugatish haqida o‘ylasak, odamlarga urushning bor dahshatini ko‘rsatishimiz kerak. Instagram’da bu haqda yozilayotgan postlar boshqa, haqiqiy urush umuman boshqacha, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »