Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Taypeylik taekvondo murabbiyi o‘zining shogirdlari bo‘lgan 11 qizga jinsiy zo‘ravonlik qilgani uchun qariyb 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Taiwan News nashri xabar berdi.

Foto: Pixabay

Xabarda aytilishicha, to‘rt yil ichida murabbiy qizlarga nisbatan 100 dan ortiq zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan. Yangi Taypey okrug sudi murabbiyni boshqa jinoyatlari bilan bir qatorda “Bolalar va o‘spirinlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishning oldini olish to‘g‘risida”gi qonunni buzganlikda aybdor deb topdi va unga nisbatan 29 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Xabarda aytilishicha, murabbiyning jinoyatlari 2019-yildan 2022-yilgacha sodir etilgan bo‘lib, qurbonlar orasida 2-sinf boshlang‘ich maktab o‘quvchilaridan tortib, uchinchi kurs o‘rta maktab o‘quvchilarigacha bor.

Jinoyatchiga jami 109 ta jinoiy ish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Sudlanuvchi dastlab bir necha bor jinoyatni rad etgan va unga nisbatan tuhmat bo‘lganini daʼvo qilgan. Murabbiyda qizlarning ruxsatsiz olingan suratlari topilgach, uning daʼvolari rad etilgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »