Afg‘onistonda ko‘chki kamida 25 kishining umriga zomin bo‘ldi
18-fevral kuni Afg‘onistonning Sharqiy Nuriston viloyatida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan ko‘chki kamida 25 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Ariana News nashri xabar berdi.
Nurgram tumani politsiyasi bergan maʼlumotga ko‘ra, hodisada kamida 25 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. 22 nafar fuqaro bedarak yo‘qolgani xabar qilingan.
Xabarda aytilishicha, ko‘chki dastlab Tatin vodiysidagi Nakra qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Hodisa 18-fevralga o‘tar kechasi kuchli yomg‘irdan keyin yuz bergan.
Rasmiylar bergan maʼlumotga ko‘ra, kamida 20 ta inshoot qum ostida qolgan. Qum uyumlari ostida yana 30 dan ortiq jasad bo‘lishi mumkinligi aytilgan.