Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolalar ombudsmani 2023-yilda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning turi va soni to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2023-yilda bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risida fuqarolar, bolalar hamda ularning qonuniy vakillari tomonidan jami 443 ta murojaat qabul qilinib, o‘rganildi.

Murojaatlar tasnifiga ko‘ra turlicha bo‘lgan. Eng ko‘p murojaatlar quyidagi masalalar bo‘yicha:

  • bolaning oilada yashash joyini belgilashga doir — 44 ta;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv va dastlabki tergov harakatlaridan hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atishning rad etilishidan norozi — 43 ta;
  • MIB xodimlari harakatidan norozilik bildirib — 33 ta;
  • olaning ota-onasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga doir — 32 ta;
  • aliment olish huquqiga doir — 29 ta.

2023-yilda bolaga nisbatan zo‘ravonlikka doir 28 ta murojaat qabul qilinib, o‘rganilgan.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishiga bo‘lgan huquqiga doir (24 ta), sud majlislarida bola huquqlari bo‘yicha vakilning ishtirokini so‘rab (20 ta), bolaning himoyaga bo‘lgan huquqiga oid (15 ta), oilada voyaga yetmagan farzandi bor ayol tahqirlanishiga doir (15 ta) murojaatlar ham kelb tushgan.

Ma’lumot uchun, bolalar ombudsmanining asosiy vazifasi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya qoidalarini qonunchilikka tatbiq etish, bolaning shaxsi, sha’ni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etishdan iborat.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »