Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida farzandini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Foto: Bolalar ombudsmani matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga fuqaro L.Z. dan Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi ayol S.N. kichik yoshdagi farzandini ikki yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotganligi bayon etilgan murojaat va bu holatga oid video materiallar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani ichki ishlar organlari olib borgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, S.N. o‘z farzandi 2018-yilda tug‘ilgan S.F.ni beshikka bog‘lagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda uzoq vaqt davomida (2022-yilning mart oylaridan 2023-yil noyabr oyigacha) kaltaklab, qiynab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan S.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, “a,v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani mazkur holat bo‘yicha bolaning manfaatlari ishonchli ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirishini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »