Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda bir yilda ikkitadan ortiq avtomobil sotganlar davlatga qo‘shimcha soliq to‘lashi mumkin

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Strategik islohotlar agentligi taqdimotida bu haqda ma’lum qilingan. Loyihaga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxs o‘z nomidagi ikkitadan ortiq avtomobilni, jumladan, elektromobillarni sotmoqchi bo‘lsa, soliq tizimida deklaratsiya to‘ldirishi kerak bo‘ladi. Ya’ni endi bir shaxs ikkitadan ortiq avtomobil sotsa, qo‘shimcha daromad solig‘i to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 

Qayd etilishicha, 2022-yilda 33 mingga yaqin fuqaro uch va undan ortiq avtomobil xarid qilgan. Yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotgan jismoniy shaxslarni deklaratsiyalash tizimi chayqovchilikning oldini olishga va byudjetga qo‘shimcha 30 milliard so‘m tushishiga qaratilgan.

2024-yil boshidan buyon O‘zbekiston avtomobil bozorida ijobiy dinamika kuzatilmoqdaEng katta o‘sish (7,6 foizga) foydalanilgan avtomobillar segmentida, eng kam o‘sish (1 foizga) yangi mahalliy yengil avtomobillar segmentida bo‘lib, elektromobillarga qiziqish sezilarli darajada (7,8 foizga) kamaydi.

Ikkilamchi avtomobil bozori o‘rtacha birlamchi sotuvlar va elektromobillarga bo‘lgan qiziqishning pasayishi fonidan ishonchli o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Bir oy davomida barcha avtotransport vositalarining sotilishi 8 foizga oshib, 144,5 ming donani tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 14 foizga o‘sish qayd etildi.

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlaridagi vaziyat

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 128 mingta yengil avtomobil sotildi, bu o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga ko‘pdir. Savdolarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yengil avtomobillar bozori yillik o‘lchovda 8 foizdan oshdi.

Birlamchi avtomobil bozorida oy davomida sotuvlar 1,4 foizga oshdi. Birlamchi avtomobil bozori yil davomida 22 foizga o‘sdi.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarning birlamchi bozori qariyb 1 foizga o‘sdi, bir oy davomida 28 ming dona avtomobil sotildi. Yillik o‘lchovda avtomobil bozorining ushbu segmenti 20 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonda ikkilamchi avtomobillar bozori o‘sishdan to‘xtamayapti

Oy davomida ikkilamchi bozorda 96 mingdan ortiq avtomobil sotildi, bu avvalgi oyga nisbatan 7,6 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish 4,4 foizni tashkil etdi.

Yengil xorijiy avtomobillar segmenti

Yanvar oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,7 foizga o‘sdi va 3,47 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yil davomida xorijiy avtomobil bozorida sotuvlar 37 foizdan oshdi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi. Yanvar oyida yengil elektromobillar savdosi 3,3 mingta avtomobilni tashkil etdi, bu oldingi oyga nisbatan 7,8 foizga kam.

Savdolarning eng katta pasayishi Samarqand, Xorazm va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Yillik hisobda elektromobillar savdosi 7,7 barobarga oshdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »