Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi urushdan jabr ko‘rgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 83 million yevro miqdorida gumanitar yordam beradi. Mablag‘larning katta qismi Ukrainaga ajratiladi. Bu haqda Yevrokomissiya sahifasida ma’lum qilingan.

“Rossiyaning Ukrainaning shifoxonalar, maktablar va elektr tarmoqlari kabi asosiy energetika va fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan maqsadli hujumlari odamlarning asosiy xizmatlardan foydalanishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. Har bir yangi hujum bilan yana ko‘proq ukrainaliklar boshpanasiz qolib, sovuq sharoitda yordamga muhtoj bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, Ukrainada 14,6 million kishi gumanitar yordamga muhtoj.

Yevrokomissiya gumanitar yordamga ajratilgan 83 million yevrodan 75 million yevro Ukrainadagi loyihalarga ajratilganini ma’lum qildi. Bu shoshilinch yordam ko‘rsatish, jumladan boshpana, himoya xizmatlari, toza suv, ta‘lim va sog‘liqni saqlash kabi asosiy ehtiyojlarga yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »