Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar oyida gaz qazib olish 3,99 milliard kub metrgacha kamaygan. Gaz importi esa 35,6 million dollarni tashkil etgan. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Statistika agentligining sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha hisobotida ma’lum qilingan.

Foto: ukranews.com

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyi oxirida O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,99 milliard kub metrni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yil yanvariga nisbatan 9,4 foizga kam hisoblanadi. Gaz importi esa 35,6 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2023-yilning dekabriga nisbatan 3,7 barobar kam.

2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi qariyb 5 mlrd kub metrga kamaygan. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish hajmi ham kamaygan. Ko‘mir qazib olish esa 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha oshgan. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish hajmi ham oshgan.

O'zbekistonda gaz qazib olish hajmi yillar kesimida
Infografika: “Daryo”

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 7,05 mlrd kVt/soatni (+0,5 foiz) tashkil etdi. Biroq bu dekabrdagi ko‘rsatkichdan 3 foizga kam (7,27 mlrd kVt/soat).

Ko‘mir qazib olish 2023-yilning yanvariga nisbatan 13,8 foizga qisqargan, ko‘rsatkich 357,8 ming tonnani (-57,2 ming tonna) tashkil etdi. O‘tgan yilning dekabr oyi bilan solishtirganda (456,7 ming tonna), pasayish 98,9 ming tonnani tashkil qiladi.

Neft qazib olish 60,5 ming tonnagacha (-6,3 foiz yoki 4 ming tonna) kamaydi, bu 2022-yil fevralidan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Ishlab chiqarish ketma-ket oltinchi oy qisqarmoqda.

O‘zbekistonda neft qazib olish yillar kesimida
Infografika: “Daryo”

2024-yilning ilk oyi davomida 124,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi, bu 2023-yilning yanvariga nisbatan 10,8 foizga yoki 15 ming tonnaga kam. Shu bilan birga, bu o‘tgan yilning iyul oyidan beri maksimal eng katta ko‘rsatkich (133,2 ming).

Dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish 0,6 foizga yoki 300 tonnaga kamayib, 50,2 ming tonnani tashkil etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »