Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozon shahriga amaliy tashrif doirasida 21-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Rossiya prezidentini sportning anʼanaviy va virtual turlarini o‘zida mujassam etgan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, 2023-yil 5-7-oktyabr kunlari Moskva shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Yetakchilar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

2023-yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, taʼlim, tibbiyot forumlari, qator boshqa ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholangan. Tovar ayirboshlashning ijobiy surʼati saqlanib qolmoqda. Sanoat, energetika, transport, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqichga kirgan.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Toshkent va Jizzax viloyatlarida industrial texnoparklar muvaffaqiyatli ishlamoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi “Alabuga” va “Master” innovatsiya parklari barpo etilmoqda.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Davlat rahbarlari transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »