Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Daniya Ukraina bilan 10 yil muddatga xavfsizlik shartnomasi tuzdi, shuningdek, Ukrainaga shu yozda F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni nazarda tutuvchi yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.

G‘arb OAVlari Daniya TIV bayonotiga tayanib xabar qilichicha, “kelishuv kelgusi 10 yil ichida harbiy va fuqarolik yordami amalga oshirilishini bildiradi”.

Foto: Google Images

Shu bilan birga, Daniya Ukrainaga 1,7 milliard kron (taxminan 228 million yevro) miqdorida yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Ukrainaga 15-yordam paketi 15 ming artilleriya snaryadlari, shuningdek, dron va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi, dedi Daniya Mudofaa vazirligi rahbari Troels Lund Poulsen.

Bundan tashqari, u yozda Daniya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishini aytdi.

Avvalroq Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ittifoqchilarni Ukrainaga yordam hajmini oshirishga chaqirgandi.

“Biz ko‘proq davlatlar buni olti oy yoki bir yil ichida emas, balki hozir — ehtiyoj juda va juda katta bo‘lganda amalga oshiradi degan umiddamiz”, — dedi u matbuot anjumanida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »