Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Daniya qirolichasi Margrete II taxtdan voz kechib, uni o‘g‘li, valiahd shahzoda Frederik X ga topshirdi. Taxtdan voz kechish marosimi 14-yanvar kuni Kopengagenda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Bild

900-yil ichida birinchi marta mamlakat monarxi o‘z xohishiga ko‘ra taxtdan voz kechdi. Margrete II Kristiansborg qirollik qal’asida bo‘lib o‘tgan Davlat kengashi yig‘ilishida taxtdan voz kechish to‘g‘risida imzo chekdi. U 52 yil hukmronlik qildi va Yevropadagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarx bo‘ldi.

Marosimdan so‘ng bosh vazir Mette Frederiksen Kristianborg balkonidan Margrete II ning o‘g‘li Frederik X ni yangi qirol deb e’lon qildi. Uning o‘g‘li shahzoda Kristian esa taxtning navbatdagi vorisi deb e’lon qilindi.

“Margrete II mamlakat tarixidagi eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan monarx edi. Ko‘pchilik malika ham oldingilar singari o‘limigacha hukmronlik qiladi, deb kutgan”, — deb yozadi Bild nashri.

Margrete II 1972-yilda otasi qirol Frederik IX o‘rniga taxtda o‘tirgan. Britaniya qirolichasi Yelizaveta II vafotidan keyin u Yevropadagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarxga aylangandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »