Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Daniya parlamenti diniy matnlarni yoqishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi va shu orqali Qur’onni yoqishni taqiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Diniy matnlarni yoqish uchun javobgarlik belgilanadi, jumladan, bunday harakatlar uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi. 

Qonunni parlamentda 94 kishi yoqlagan, 77 kishi qarshi ovoz bergan. Daniya hukumati oktyabr oyi oxirida Qur’onning yoqib yuborilishi tufayli terrorchilik xavfi kuchaygan bir paytda diniy kitoblar yoqilishiga qarshi qonun loyihasini taqdim etgandi.

Qur’onning yoqib yuborilishiga oid holatlar

  • Yanvar oyida Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur’on yoqib yuborilgandi. Aksiyani ultrao‘ng va islomga qarshi “Qattiq kurs” partiyasining daniyalik-shved faoli Rasmus Paludan boshqargan.
  • Aprel oyida Shvetsiya maʼmuriy sudi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qurʼon yoqib yuborilgan namoyishlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan. Sud o‘z qarorida yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish erkinligi konstitutsiyaviy himoyalangan huquqlar ekanini keltirgan. 
  • Iyun oyida iroqlik muhojir Stokgolmdagi bosh masjid yonida Qur’onni yoqib yuborgan.
  • Iyul oyida Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur’on va Iroq bayrog‘i yoqib yuborilgan norozilik namoyishini o‘tkazishga ruxsat bergan. Shundan so‘ng yuzlab odamlar Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirib, binoga o‘t qo‘ygan. 
  • Namoyishchilarni tarqatish uchun Iroq politsiyasi suv purkagichlardan foydalangan. Iroq mamlakatdan Shvetsiya elchisini haydagan va yana muqaddas kitob yoqib yuborilsa, diplomatik aloqalarni uzishini bildirgan.  Shundan so‘ng Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur’on yoqib yuborilgan. Namoyishchilar buni Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga yaqinda uyushtirilgan hujumga norozilik sifatida amalga oshirganini aytgan.
  • Avgust oyi boshida Stokgolmda eronlik ayol politsiya himoyasida Malaren ko‘li qirg‘og‘ida mangalda Qur’onni yoqib yuborgan. U “barcha dinlarni yo‘q qilish” kerakligini aytgan.
  • Avgust oyi o‘rtalarida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida politsiya himoyasi ostida yana muqaddas Qur’on kitobi yoqib yuborildi. Buning oldini olishga uringan erkak esa hibsga olindi. Namoyishga iroqlik muhojirlar boshchilik qilgan. Ular avval Qur’on nusxasini tepib, ustiga sakragan, keyin esa uni butunlay yoqib yuborgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »