Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan fuqarolar mart oyida 13 kun, olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lganlar esa 9 kun dam oladi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoniga muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 22-mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23-mart, shanba — qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 8-mart juma, undan keyin esa 9 va 10-mart shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni. 21-mart payshanba — Navro‘z bayrami kuni. Shu munosabat bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam oladi: 21, 22, 23 va 24-mart.

Oy davomida yana uch marta shanba va yakshanba kunlari borligi inobatga olinsa, besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun, olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lganlar esa 9 kun dam oladi.

Mehnat kodeksi 187-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »