Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublika bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalar soni 2023-yildagi 89 170 tadan hozirgi 63 465 tagacha kamaydi. Bu haqda Statistika agentligi eʼlon qilgan mamlakatdagi korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha press-relizda yozilgan.

Infografika: Statistika agentligi

2024-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi jami xususiy korxonalar soni 63 465 tani tashkil etgan. Xususiy korxonalarning 27 944 tasi savdo sohasida, 9 750 ta sanoat, 5 192 tasi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hamda 4 161 tasi  qurilish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Mamlakat bo‘yicha eng ko‘p xususiy korxonalar Toshkent shahrida qayd etilgan — 8 094 ta. Shu bilan birga, Farg‘ona (7 848 ta) hamda Qashqadaryo (7 608 ta) viloyatlaridagi xususiy korxonalar soni boshqa hududlardagiga qaraganda sezilarli ko‘p.

Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

Qolgan hududlardagi korxonalar soni quyidagicha:

Samarqand viloyati —  5 610 ta;

Surxondaryo viloyati — 5 201 ta;

Xorazm viloyati — 4 889 ta;

Navoiy viloyati — 4 487 ta;

Toshkent viloyati — 4 167 ta;

Namangan viloyati — 4 010 ta.

Qolgan hududlardagi xususiy korxonalar soni 3 000 taga yetmaydi. Masalan, Buxoroda 2 857 ta, Jizzaxda 2 719 ta, Andijonda 2 380 ta, Qoraqalpog‘istonda 2 347 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda. Respublikada eng kam xususiy korxonalar Sirdaryo viloyati – 1 248 ta.

Agentlik keltirgan raqamlarga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda jami 89 170 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan bo‘lgan. 2024-yilga kelib ularning soni qariyb 25 705 taga kamaygan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »