Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “AAA” toifaga ega bo‘lgan korxonalarga soliq tekshiruvi o‘tkazish buyrug‘i shakllantirilmaydi. Bu haqda 13-fevral kuni o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

O‘zbekistonda joriy yil 1-fevraldan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi. Reyting doirasida korxonalar to‘rtta toifaga ajratilmoqda. Ulardan “AAA”, “AA” va “A” toifalariga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari yuqori barqarorlik reytingidan joy oladi va rag‘batlantiriladi. Xususan, “AAA” toifasidagi tadbirkorlik subyektlari soliq tekshiruvlaridan ozod etiladi.

Sherzod Kudbiyevning aytishicha, yaqin kunlarda yangi tizim to‘liq shaklda ishga tushiriladi.

Foto: Soliq qo‘mitasi
“Shu haftaning oxirigacha shunday qilamizki, “AAA” reytingdagi tadbirkorlarga nisbatan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq shakllantirilmaydi. Buyruq ham bizning tizim ichidan chiqadi-ku. Na kameral, na sayyor soliq tekshiruviga, na soliq auditiga xabarnoma ham, buyruq ham shakllanmaydi”, dedi qo‘mita rahbari.

Maʼlumot uchun, “AAA” toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasini bir kun muddatda, tekshiruvchilarsiz qaytarib beriladi. Shuningdek, boshqa soliqlardan ortiqcha to‘lov summasi 3 kun ichida qaytariladi. Ularga boshqa yana bir qator imtiyozlar beriladi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »