Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida ko‘zda tutilgan jarima miqdori sof tushumning 100 foizidan 2 foiziga kamaytiriladi. Bu haqda 13-fevral kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Davron Vahobov
Foto: Savdo-sanoat palatasi

Davron Vahobovning aytishicha, ko‘plab tadbirkorlarni qiynab kelgan bahsli moddaga o‘zgartirish kiritilmoqda.

“227 prim 1-modda bo‘yicha muammo bosh vazir boshchiligida, iqtisodiy kompleks tomonidan to‘liq o‘z yechimini topdi, deb ayta olaman. 1–2 kunda yaxshi xabar bo‘ladi. Qisqacha eʼlon qilmoqchimanki, 227 prim 1-moddada jarimalar masalasi bor edi. Bu yerda o‘tirgan maʼlum tadbirkorlar u jarimaga tushgan. Endi 100 foizlik jarima miqdori 2 foizga tushiriladi. Yaʼni 100 foiz jarima to‘laganlarga pulining 98 foizi qaytarib beriladi. Kelajakda faqat 2 foiz jarima bo‘ladi”, — dedi Savdo-sanoat palatasi raisi.
Foto: Savdo–sanoat palatasi

Eslatib o‘tamiz, hozirda amaldagi 227 prim 1-moddaga ko‘ra, fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »