Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

“Qozon Ekspo” xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Ishtirokchilar eʼtiboriga “Kelajak o‘yinlari” dasturiga kirgan sport turlari haqida videolavha va teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi taqdim etildi.

Davlat rahbari ishtirokchilarga omad tilab, 2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Marosimdan so‘ng oliy martabali mehmonlar maxsus ko‘rgazma bilan tanishdi. Virtual makondagi bellashuvlar va anʼanaviy sportni o‘zida mujassam etgan “fijital-sport” konsepsiyasi to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Yetakchilar kibersport musobaqalarini, fijital-futbol bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdilar, sportdagi yangi yo‘nalishning bugungi rivoji va istiqbollari haqida hikoya qiluvchi tasviriy sanʼat namunalari va taqdimotlar bilan tanishdi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

“Kelajak o‘yinlari” – bellashuvlar bir vaqtning o‘zida sportning anʼanaviy turlari va ularning raqamli muqobillarida o‘tkaziladigan yuqori texnologik musobaqadir. U 21-fevraldan 3-martga qadar davom etadi.

Turnirda 100 dan ortiq mamlakatdan qariyb 300 ta jamoa, shu jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekistonliklar fijital-xokkey, virtual velopoyga, sport dasturlash kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »