Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Jizzax va Samarqand viloyatlarida korrupsiya holatlariga chek qo‘yildi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi Vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i hozirda ayblov eʼlon qilinib, mazkur hibsxonada saqlanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sudya tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur mansabdor shaxs muqaddam o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, hibsxonada saqlanayotgan ushbu fuqaroning oila-aʼzolari bilan uchrashishi hamda uyidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining kiritilishi uchun ruxsat berish evaziga 400 dollar olgani ham maʼlum bo‘lgan.

Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati Ishtixon tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qism “v” bandi va 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 1,5 ming dollar olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dekabr boshlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati katta konsultanti fuqarodan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »