Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tumani sudi raisi 2000 dollar pora olgan paytda ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. DXX tomonidan sud raisining qo‘lga olinishiga oid tafsilotlar e’lon qilindi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Namangan tumanida chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatga zamonaviy chorva kompleksi binosini qurish va mavjudlarini taʼmirlash maqsadida aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning viloyat filiali tomonidan ajratilgan 5 milliard 287 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilgan. MCHJga nisbatan ushbu mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish va rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishini sud muhokamasida ko‘rib chiqish jarayonida Mingbuloq tuman sudi raisi sudlanuvchiga nisbatan yengilroq jazo tayinlash evaziga, uning otasidan 20 ming dollar talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudi raisi so‘ralgan pul mablag‘idan 2 ming dollarni o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Lacetti da olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Taʼkidlanishicha, kredit bo‘yicha yetkazilgan zarar tergov davomida sudlanuvchi tomonidan to‘liq qoplangan bo‘lgan. Hozirda Mingbuloq tuman sudi raisi o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, juda ko‘p miqdorda pora olganligi holati bo‘yicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Boshqa holatda esa Namangan davlat universitetining 3-bosqich doktoranti tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan Chust tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga mazkur tuman markazida joylashgan umumiy o‘rta taʼlim maktabi balansidagi qo‘shimcha 2 qavatli binoni hokimiyat tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali olib berish evaziga 20 ming dollar talab qilgan.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan Chust shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming dollarni oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »