Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oxirgi 10 yil ichida Messi va Ronaldu katta farq bilan shtatlarda eng taniqli futbolchilar bo‘lishdi. Biroq so‘nggi bir yil ichida argentinalik futbolchining Ronalduga nisbatan mashhurligi sezilarli darajada oshdi.

Bunga sabab qilib Messining JCh-2022 dagi g‘alabasi va “Inter Mayami”ga o‘tishini aytish mumkin. 2023-yil dekabr holatiga ko‘ra, Lionel  so‘rovnomada 21,3% ovoz to‘plagan bo‘lsa, “Al-Nasr” hujumchisi 6 foizga yaqin ovozga ega bo‘ldi.

Foto: SSRS

Bundan tashqari 2023-yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynab kelayotgan argentinalik futbolchi SSRS tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya qariyb 30 yil davomida o‘z a‘zolaridan har oyda o'zlarining sevimli professional sportchilariga ovoz berishni so‘raydi, so'ngra natijalarni chorak bo‘yicha guruhlaydi.

Foto: SSRS

Messi MLSga o'tishidan oldin turli davrlarda atigi 7 nafar sportchi eng yaxshi sportchi bo‘lishgan. Bu sportchilar: Maykl Jordan, Tayger Vuds, Peyton Menning, Kobi Brayant, Stiven Karri, Lebron Jeyms va Tom Bredi.

Messi 2023-yilning to'rtinchi choragidagi natijalarga ko‘ra eng mashhur sportchiga aylandi va reytingda birinchi o‘rinni egallagan birinchi futbolchiga aylandi.

Amerikacha futbol yulduzi Bredi 2023-yilning birinchi choragida, Jordan yilning ikkinchi va uchinchi chorakda yetakchilik qildi.

Foto: SSRS

Messining transferidan keyin “Inter Mayami” amerikaliklarning sevimli MLS futbol klubiga aylandi – u “Los-Anjeles Gelaksi”ni ortda qoldirdi. Jamoaning muxlislari soni 5 barobardan ziyodga ko'paydi.

Foto: SSRS

Shuningdek, so‘nggi so‘rovlarga ko'ra, “Inter Mayami” Amerikada mashhur futbol klublari umumiy ro‘yxatida 4-o‘rinni egalladi. Qo‘shma Shtatlarda bu klubdan faqat “Barselona”, “Real” va “Manchester Yunayted” mashhurroq.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »