Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda “Jana Adamdar” yoshlar harakati mamlakat aholisini yangi gerb haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Foto: Total.kz

Yoshlar harakatiga ko‘ra, bir tarix va an’ana bilan yashayotgan odamlarni azaldan umumiy ramzlar birlashtirib kelgan. Qozog‘istonliklar uchun mamlakat gerbi ana shunday ramzga aylandi.

“Gerb kompaniya logotipi ham, esdalik nishoni ham, emblema ham emas. Gerb ko‘proq narsani anglatadi. Bu taqdir. Biroq hozirda biz qo‘llayotgan gerb kelajakka yo‘nalishni bildirmaydi, qadriyatlarimiz haqida gapirmaydi. So‘rovda qatnashgan qozog‘istonliklarning 70 foizi uni tanimagan.
Yangi davr yangi qiyinchiliklarni olib keladi. Qozog‘iston ulkan global rejalarni belgilamoqda. “Jana Adamdar” bu rejalar uchun yangi yosh davlatning ambitsiyalariga mos keladigan ramz kerakligiga ishonadi. Gerb, asosiy savolga: hozirgi dunyoda o‘z o‘rnimizni qanday topishimiz mumkin, javob beradi”, deb hisoblaydi yoshlar harakati.

Harakat faollarining fikricha, Qozog‘iston taqdirini davlat chegaralari belgilaydi. Aholiga nafaqat omon qolish, balki erkinlik, qadr-qimmatni saqlash va dunyoda o‘z o‘rnini egallash imkonini beradigan shart-sharoitlarni yangi gerb birlashtirishi kerak.

“Prezident To‘qayev: “Yorqin kelajakka ishonmagan xalq kuchli davlat qura olmaydi” deganida bu shart-sharoitlarni to‘g‘ri ta’riflagandi. “Orzularimiz ushaladimi, rejalarimiz amalga oshadimi, faqat o‘zimizga bog‘liq. Eng muhimi, mamlakatdagi totuvlik, tinchlik va barqarorlikni qadrlashimiz kerak. Birlik xalq ruhini yuksaltiradi. Birlik ongda bo‘lishi kerak”, — deya Qozog‘iston prezidenti so‘zlaridan iqtibos keltiriladi “Jana Adamdar”.

Qozog‘iston respublikasining gerbi 1992-yil 4 iyunda tasdiqlangan. Shundan so‘ng, u bir necha bor o‘zgartirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »