Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 1-yanvar kuni Bishkekda o‘rnatilgan mamlakatning yangi bayrog‘idan fojia izlashning hojati yo‘qligini aytdi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

Foto: “AKIpress”

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, shahar hokimligiga vatanparvar homiylar tomonidan tayyorlangan yangi bayroqni osish taklif qilingan. Hokimlik rozi bo‘lib, yangi bayroqni osib qo‘ygan.

“8-yanvar kuni yangi bayroq rasman ko‘tarildi, u Jogorku Kenesh tomonidan diqqat bilan ko‘rib chiqilib, uch o‘qishda qabul qilindi, keyin Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi. Bo‘ldi, yetar, keling, bayroqni muhokama qilishni to‘xtataylik”, — dedi prezident.

1-yanvar kuni Bishkekning Ala-Too maydonida parlament qabul qilgan bayroqdan farq qiladigan bayroq ko‘tarildi. Keyin prezident administratsiyasi vazirlar mahkamasi tomonidan tegishli nizom tasdiqlangani va bayroq osib qo‘yilgani tushuntirildi.

Keyinchalik, 8-yanvar kuni bayroq tushirildi va parlament tomonidan qabul qilingan bayroq rasmiy ravishda ko‘tarildi. Qirg‘iziston davlat kotibi Suyunbek Kasmambetovning ta’kidlashicha, avvalroq ular shoshib, boshqa bayroqni ko‘targan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »