Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

9-dekabr kuni Bishkekdagi M.Gorkiy nomidagi bog‘da Qirg‘iziston bayrog‘ini o‘zgartirishga qarshi aksiya bo‘lib o‘tdi. Qorli havo va tashkilotchilardan biri, faol Aftandil Jo‘robekovning hibsga olinishiga qaramay, miting bekor qilinmadi, deb yozadi “Kaktus.media”.

Foto: “Kaktus”

Bog‘da 100 ga yaqin odam yig‘ildi. Miting ishtirokchilari davlat madhiyasini kuylashdi.

Foto: “Kaktus”

Sentyabr oyi oxirida parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov mamlakat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan edi. 

Deputatlar Qirg‘iziston bayrog‘i markazidagi quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lganidan kungaboqar guliga o‘xshab qolganini aytgan. Ular quyosh nurlarini tekis, to‘g‘ri qilib tasvirlashni taklif qilgan.

Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan keyin bu g‘oyaga munosabat o‘zgardi.

Prezident bayroqning o‘ziga xos variantini taklif qilib, “Agar Xudo xohlasa, bu variant o‘tsa, bundan buyon qaram bo‘lmaymiz”, dedi. U bayroq o‘zgartirilgandan so‘ng, Qirg‘iziston “quyosh nurlari kabi rivojlangan va mustaqil davlat” bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Bayroqni o‘zgartirish jamoatchilikning tanqidi va noroziligiga sabab bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, 28-noyabr kuni Jogorku Keneshning tegishli qo‘mitasi bir ovozdan bayroqni o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatladi. Bir kundan keyin qonun loyihasi parlament va Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »