Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston parlamenti mamlakat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamalarsiz ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda AKI Press xabar bermoqda.

Birinchi rasmda: Qirg‘izistonning amaldagi bayrog‘i, to‘rtinchi rasmda: parlamentga kiritilgan bayroq varianti
Foto: AKI Press

Qirg‘iziston bayrog‘idagi nurlar shaklini to‘lqinsimon shakldan aynan quyosh nurlariga o‘xshash shaklga o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Qonun loyihasi tashabbuskorlari – parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov hisoblanadi.

“Bugungi kunda Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘idagi o‘rtada tuynuk bilan quyosh nurlarini turli talqinlarda, masalan, kungaboqar guli yoki o‘txonaning pardasi kabi vizual idrok etishda dilemma mavjud. Bayroq tasviri maʼnosining noaniq talqinini bartaraf etish choralarini ko‘rish zarur”, — deya taʼkidlagan qonun loyihasi mualliflari.

Qonun loyihasini qabul qilish uchun 59 deputat ovoz bergan, 5 nafari qarshi chiqqan.

Qirg‘iziston bayrog‘ini o‘zgartirishni prezident Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ham qo‘llab-quvvatlagandi.

Japarov bayroqning o‘ziga xos variantini taklif qilib, “Agar Xudo xohlasa, bu variant o‘tsa, bundan buyon qaram bo‘lmaymiz”, dedi. U bayroq o‘zgartirilgandan so‘ng, Qirg‘iziston “quyosh nurlari kabi rivojlangan va mustaqil davlat” bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Bayroqni o‘zgartirish jamoatchilikning tanqidi va noroziligiga sabab bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, 28-noyabr kuni Jogorku Keneshning tegishli qo‘mitasi bir ovozdan bayroqni o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatladi. Bir kundan keyin qonun loyihasi parlament va Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »