Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 24-fevral kuni Los-Anjelesda SAG Awards (Amerika kino aktyorlar gildiyasi mukofotlari) marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Variety.

Foto: Pravilamag

Unda rejissyor Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmi eng ko‘p nominatsiyalarda mutlaq g‘olib deb topildi. Film “Eng yaxshi aktyorlar tarkibi”, “Eng yaxshi bosh rol” (Killian Myorfi) hamda “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” (Kichik Robert Dauni) — jami uchta mukofotni qo‘lga kiritdi.

Foto: Dzen

Seriallardan “Ayiq” komedik dramasi quyidagi nominatsiyalarda mukofotga ega bo‘ldi:

  • “Komediya serialidagi eng yaxshi aktyorlar tarkibi”;
  • “Komediya serialidagi eng yaxshi aktyor”;
  • “Komediya serialidagi eng yaxshi aktrisa”.
    Foto: Pravilamag

Rejissyor Martin Skorsezening “Gulli oy qotillari” filmida bosh rolni ijro etgan Lili Gladstoun yilning eng yaxshi aktrisasi nomiga sazovor bo‘ldi.

Foto: Pravilamag

2023-yilda “Barchasi. Har joyda. Bir vaqtda” filmi AQSHdagi aktyorlar Gildiyasining triumfatori deb topilgan edi.

Shuningdek, “Nizo” va “Bizlardan so‘nggimiz” seriallari ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi.

Quyidagi filmlar SAG Awards mukofotlarini qo‘lga kiritdi:

Eng yaxshi aktyorlar tarkibi — “Oppengeymer”;

Eng yaxshi aktyor — Killian Myorfi (“Oppengeymer”);

Eng yaxshi aktrisa — Lili Gladstoun (“Gulli oy qotili”);

Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor — Kichik Robert Dauni (“Oppengeymer”);

Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa — Davayn Djoy Rendolf (“Qoldirilganlar”);

Kinodagi eng yaxshi kaskadyorlar guruhi — “Imkonsiz missiya — o‘lim to‘lovi. Birinchi qism”;

Quyidagi seriallar SAG Awards mukofotlarini qo‘lga kiritdi:

Drama serialidagi eng yaxshi aktyorlar tarkibi — “Merosxo‘rlar”;

Drama serialidagi eng yaxshi aktrisa — Elizabet Debiki (“Toj”);

Drama serialidagi eng yaxshi aktyor — Pedro Paskal (“Bizlardan so‘nggimiz”);

Komediya yo‘nalishidagi serialning eng yaxshi aktyorlar tarkibi — “Ayiq”;

Komediya yo‘nalishidagi serialning eng yaxshi aktrisasi — Ayo Edeberi (“Ayiq”);

Komediya yo‘nalishidagi serialning eng yaxshi aktyori — Djeremi Allen Uayt (“Ayiq”);

Televizion film / miniserialdagi eng yaxshi aktrisa — Ali Vong (“Nizo”);

Televizion film / miniserialdagi eng yaxshi aktyor — Stiven Yan (“Nizo”);

Serialdagi eng yaxshi kaskadyorlar guruhi — “Bizlardan so‘nggimiz”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »