O‘zbekistonda bahorning ilk kuni sovuq ob-havo bilan boshlanadi
Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, 26—29-fevral va 1-mart kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha me’yordan 2-5 darajaga past bo‘lgan harorat saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chish xavfi bor.
Toshkentda 28-fevral va 1-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari 1-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-6 daraja iliq bo‘ladi.
Asilbek Qorjovov
haa bu aniq kun sovuq ancha