Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Yevropa kengashining Tashqi aloqalar bo‘yicha harbiy tahlilchisi Gustav Gressel Rossiya urushga 2027—2028-yillargacha bardosh bera olishini aytdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Reuters
“Bu vayronagarchilik urushi. Hech bo‘lmaganda bir tomon kuchli mudofaa chiziqlari va dronlar bilan kurashish yo‘lini topmaguncha. Rossiya taxminan 2027—2028-yillargacha bardosh bera oladi. Ukraina esa o‘sha vaqtgacha moddiy yo‘qotishlari va o‘q-dorilar zaxirasini to‘ldira olsagina, tura oladi”.

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeyev BILD nashriga shunday dedi: 

“Bizga uchta narsa kerak: ko‘proq o‘q-dorilar, ko‘proq zamonaviy qurollar va ko‘proq yetakchilik! Zamonaviy nemis qurollari yuqori samaradorlikni isbotladi va Ukraina harbiy xizmatchilari hamda tinch aholining hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Bularga zenit tizimlari, tanklar va uzoq masofali qurollar kiradi. Bizga Germaniyaning boshchiligi kerak, toki yevropalik siyosatchilar va jamiyat zarur bo‘lgan vaqt hamda barcha vositalar yordamida Ukrainaga urushda g‘alaba qozonishda yordam berish o‘z manfaatlari yo‘lida ekanini tushunsin”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »