Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kreml “Yigit so‘zi” (“Slovo patsana”), “Xolop-2”, “Muz-3” va boshqa mashhur filmlar va seriallardan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saylovoldi kampaniyasi maqsadida foydalangan. “Vajniye Istorii” va Meduza nashrlari Rossiya prezidenti apparatining sizdirilgan hujjatlarini o‘rgandi.

Foto: asia24.media

2023-yil bahorida Rossiya prezidenti administratsiyasida (AP) Putinning navbatdagi qayta saylanishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Ishtirokchilarga “Saylov uchun ijodiy kontent” mavzusidagi taqdimot namoyish etilgan. Taqdimotga ko‘ra, 2024-yilgi saylovlar uchun bir necha o‘nlab “ijodiy loyihalar” tayyorlangan. Ular orasida “maxsus harbiy operatsiya” loyihalari (ya’ni urush haqida) va juda mashhur film hamda seriallar mavjud. Shu jumladan:

  • “Xolop-2” komediyasi
  • “Bremen musiqachilari” musiqiy filmi
  • “Payk buyrug‘ida” ertak-filmi
  • “Yigit so‘zi” seriali bor.
Foto: Meduza

Prezident apparatidagi taqdimot mualliflari bu va boshqa loyihalar “milliy manfaatlarni himoya qilish”ni ta’minlash, “Rossiyadagi odamlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar, vatandoshlarning tarixiy va zamonaviy yutuqlari, kun qahramonlari to‘g‘risida bilim darajasini oshirish”, shuningdek, “madaniy o‘ziga xoslik, an’analar va suverenitetni saqlashga” mo‘ljallanganini aytgan.

Kremlga ko‘ra, “Yigit so‘zi” “Rossiyadagi hayot sifati o‘zgarishlari” haqida gapiradi (ya’ni, 2020-yillarda ruslar 1980-yillardagi sovet xalqiga qaraganda yaxshiroq yashaydi). Serialni suratga olishga Internetni rivojlantirish instituti pul ajratgan.

Bu ma’lumotlar haqiqiyligini Kremlga yaqin va ushbu hujjat bilan tanish bo‘lgan suhbatdosh, shuningdek, prezident apparatidagi uchrashuv ishtirokchilaridan biri tasdiqlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »