Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi. Bu haqda u Associated Press agentligiga ma’lum qildi.

Foto: AP News

Stoltenbergning bayonoti Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning baʼzi G‘arb davlatlari Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi so‘zlari fonida e’lon qilindi. NATO bosh kotibi alyans Ukrainaga ko‘p yillar davomida misli ko‘rilmagan yordam ko‘rsatayotganini aytdi.

“Biz buni 2014-yildan beri qilyapmiz va keng ko‘lamli bosqindan keyin harakatlarimizni faollashtirdik. Ammo NATOning jangovar qo‘shinlarini Ukrainaga joylashtirish rejasi yo‘q”, — dedi u.

Parijda 26-fevral kuni Yevropa rasmiylari ishtirokida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shinlar yuborish ehtimolini inkor etmadi. Bu ma’lumotni Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko ham qo‘llab-quvvatladi. 

“NATO va Yevropa Ittifoqiga aʼzo qator davlatlar o‘z qo‘shinlarini ikki tomonlama asosda Ukrainaga yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytish bilan cheklanaman. Ular Ukrainada nima maqsadda va nima qilishi kerakligini ayta olmayman”, — dedi Robert Fiko.

O‘z navbatida, Yevropaning boshqa davlatlari — Polsha, Chexiya, Shvetsiya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmaganini bildirib, bu fikrni qo‘llab-quvvatlamadi.

Kreml munosabati

Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »