Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Parijda 26-fevral kuni Yevropa rasmiylari ishtirokida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shinlar yuborish ehtimolini inkor etmadi. Bu haqda DW xabar berdi.

Foto: The Telegraph

Makron Yevropa yetakchilari va hukumat vakillari ishtirokidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ukrainaga qo‘shin yuborish yuzasidan konsensus yo‘qligini, ammo bu mavzuni inkor etib bo‘lmasligini aytdi. 

“Hozirgi bosqichda... Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha konsensus yo‘q. Hech narsani inkor etib bo‘lmaydi. Biz Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilamiz”, — dedi Fransiya prezidenti.

Ukrainaga Yevropa qo‘shinlarini yuborish g‘oyasini birinchi bo‘lib Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko e’lon qildi:

“NATO va Yevropa Ittifoqiga aʼzo qator davlatlar o‘z qo‘shinlarini ikki tomonlama asosda Ukrainaga yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytish bilan cheklanaman. Ular Ukrainada nima maqsadda va nima qilishi kerakligini ayta olmayman”, — dedi u.

Makron Rossiyaning xatti-harakati endi siyosiy darajada ham, Ukrainaga qarshi agressiv urushi paytida ham keskinlashayotgani, shu uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan har bir kishi “jamoaviy yutuq” qilishi kerakligini aytdi. Shu bilan birga, u “rus xalqi bilan urushga kirishni” istamasligini ta’kidladi.

Fransiya prezidentiga ko‘ra, Parijdagi uchrashuvda Ukrainani o‘rta va uzoq masofaga uchuvchi raketalar, shuningdek, qisqa muddatda Yevropa va uchinchi davlatlardan boshqa o‘q-dorilar bilan taʼminlashi kerak bo‘lgan koalitsiya tuzishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, kibermudofaa, birgalikda qurol ishlab chiqarish va Rossiyaning Ukrainadagi urushi bevosita tahdid solayotgan mamlakatlarni, xususan, Moldovani himoya qilish bo‘yicha tashabbuslar kelishib olindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »