Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni, ayniqsa, ayollarnikini monitoring qilishni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Illyustrativ foto: Sputnik

Japarovning fikricha, ajrashgan ayollar eri va uning ota-onasi haqida yomon fikr bildirmasligi kerak. U an’ana va urf-odatlarga zid bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatishni cheklash zarurligini aytdi.

“Ba’zi kelinlar o‘z otasini maqtasa-da, qaynota va qaynonasini yomonlaydi. Ajrashganda esa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlarini bo‘lishadi. Ular namuna emas. Qaynotalariga kalta shortik kiymanglar, deb aytishadi, kelinlar esa boshlaridan ro‘mollarini yechmasliklari kerak.

E’tiborlisi, bu Oqilbek Japarovning ayol va qizlarga nisbatan noto‘g‘ri gapirayotgan birinchi holat emas. 2022-yil sentyabr oyida u qizlarning o‘rni haqida kamsituvchi fikr bildirgandi.

“Qizlar uy bekasi bo‘lishni, o‘g‘il bolalar pul topishni, vatanni himoya qilishni o‘rganishi kerak”, — degan o‘shanda u.

2023-yilga ko‘ra, Qirg‘izistonda 13 ming 104 kishi oiladagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan. Ularning 95 foizini ayollar tashkil etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »