Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qo‘shma Shtatlarni va boshqa davlatlarni respublika ichki ishlariga aralashmaslik va jarayonlarni obyektiv baholashga chaqirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: “TASS”
“Shuningdek, biz teng huquqli hamkorlik tarafdorimiz va barcha davlatlar ham xalqaro hamkorlar, jumladan, AQSH bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Mening yagona iltimosim mamlakatimizning ichki ishlariga aralashmaslik kerak”, — dedi Japarov AQSH Davlat kotibiga yozgan javob xatiga.

Avvalroq, Blinken Qirg‘iziston rahbariga Jogorku Kenesh tomonidan ko‘rib chiqilayotgan “Notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritilishiga tashvish bildirib, xat yozgan edi. Blinken tegishli o‘zgartirishlar respublikaning fuqarolik jamiyati ahvoliga ta’sir qilishini aytgan. Hozirda bu qonun loyihasi milliy parlamentda muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, Japarov AQSH vakili Qirg‘izistonda inson huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq obyektiv vaziyat haqida ma’lumotga ega emasligidan afsusda. Bugungi kunda Qirg‘iziston  bo‘ylab o‘n minglab nodavlat va notijorat tashkilotlar mavjud. 

Shu bilan birga, tan olish kerakki, ba’zi nodavlat notijorat tashkilotlari nafaqat AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan, balki chet eldan ham mablag‘ oladi.

Tabiiyki, Qirg‘iziston davlatining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muammo borki, bunda xorijiy davlatlar yoki xorijiy davlatlar tomonidan moliyalashtirilayotgan ommaviy axborot vositalari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘lishi mumkin va kerak. Gap shundaki, Qirg‘iziston davlati o‘z maqomiga ko‘ra, bu nodavlat notijorat tashkilotlarga pul qayerdan kelishi, kim tomonidan, qanday va nima maqsadda sarflanishini nazorat qilmoqchi.

Bundan tashqari, xuddi shu nodavlat tuzilmalar ko‘pincha xalq orasida yolg‘on, ishonchsiz ma’lumotni tarqatadi, bu esa sud jarayonlariga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, men AQSH hukumati tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilayotgan nodavlat va notijorat tashkilotlarining kamida oxirgi 10 yil davomida moliyaviy resurslardan foydalanishi yuzasidan audit o‘tkazishni taklif qilaman, — deydi Japarov.

Bundan tashqari, prezident Blinkenni “Qirg‘izistonda inson huquq va erkinliklari Qirg‘iziston Konstitutsiyasi va qonunlari bilan ishonchli himoyalanayotganini ko‘rish uchun” Bishkekka tashrif buyurishni taklif qildi.

Qirg‘iziston parlamenti nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Qonun loyihasida “xorijiy vakil” maqomi berilishi hamda xorijdan moliyalashtiriladigan va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni maxsus reyestrga kiritish ko‘zda tutilgan. Respublika fuqarolarining shaxsi va huquqlariga tajovuz qiluvchi tashkilotlarni tashkil etganlik uchun esa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima tarzidagi jinoiy javobgarlikni joriy etish taklif etilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »