Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda mustaqil nashrlarning 11 nafar jurnalisti ikki oyga hibsga olindi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov “Kabar” nashriga bergan intervyusida bunga izoh berdi.

Foto: AKIpress

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar “professional jurnalist emas”. Ular ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, turli, jumladan, mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladigan maʼlumotlarni “masʼuliyatsizlik bilan eʼlon qiladigan bloggerlardir”.

“Har bir huquqiy davlatda bo‘lgani kabi Qirg‘izistonda ham qonun oldida javobgarlik bor. Shu munosabat bilan ma’lumotlar ishonchliligi uchun har bir shaxs, birinchi navbatda o‘zini jurnalist va bloger deb biladiganlar javobgar bo‘lishi kerak. Ayrim blogerlar va faollar ochiqchasiga yolg‘on va dezinformatsiya tarqatayotganiga ko‘p marotaba guvoh bo‘lganmiz. Ko‘pincha qasddan yoki o‘zi bilmagan holda mintaqaviy, diniy va milliy adovatni qo‘zg‘atishga urinishlar, konstitutsiyaga zid xatti-harakatlarga, tartibsizliklarga chaqirishlar bo‘lgan”, — dedi u.

Aynan shu holat bo‘yicha prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi sud-ekspertiza xizmati xulosasiga ko‘ra, Tojibek qizi Maxabodning videomurojaatlarida ommaviy tartibsizliklarga daʼvat belgilari borligi aniqlangan. Bu Jinoyat kodeksining 278-moddasi 3-qismiga mos.

“Bugungi notinch va turbulent zamonda so‘z erkinligi mas’uliyat bilan yonma-yon ketmoqda. Bugungi kunda demokratik rivojlangan deb hisoblash mumkin bo‘lgan davlatlar siyosiy maqsadlarga erishish va jamiyatni beqarorlashtirish uchun so‘z erkinligidan foydalanganlarga nisbatan allaqachon cheklovlar joriy etyapti. Shu munosabat bilan biz profilaktika choralarini ko‘rishga majburmiz, chunki bu to‘g‘ridan to‘g‘ri mamlakat milliy xavfsizligiga daxldor”, — dedi Japarov.

U Yevropa kengashiga aʼzo davlatlar tomonidan qabul qilingan (1950-yil 4-noyabr) Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyaning ayrim qoidalarini bayon qildi.

Shunday qilib, 10-moddaning 2-bandi “Fikr bildirish erkinligi”da davlatning milliy xavfsizlik, hududiy yaxlitlik yoki jamoat tartibi manfaatlari bilan bog‘liq so‘z erkinligini muayyan cheklashlarga bo‘lgan huquqlari nazarda tutilgan.

Ya’ni, oddiy so‘z bilan aytganda, demokratik jamiyatda tartibsizliklar yoki jinoyatlarning oldini olish uchun qonunda nazarda tutilgan cheklovlar yoki sanksiyalar bo‘ladimi, ma’lum rasmiyatchiliklar zarur, dedi Japrov va barcha tergov harakatlarining yakunlanishini kutishga chaqirdi.

“Ommaviy tartibsizliklarga chaqirayotgan odamni vatanparvar deyish mumkinmi? Ikkinchi jihat esa moliyaviy tomon. Ko‘pincha mustaqil jurnalistlar, blogerlar turli fondlar, tashkilotlar va hokazolardan grant mablag‘lari oladi”, — dedi u.

Sadir Japarov misol tariqasida bir qator ma’lumotlarni taqdim etdi:

  • faktcheck.kg (bosh muharrir Bolot Temirov) internet resursi 2020-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda faqat bitta fond (NED – Demokratiyani qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasi)dan jami 142 900 dollar olgan;
  • kloop.media resursi 2021-yilda o‘sha Milliy Demokratiya jamg‘armasi (NED) dan 585 900 dollar olgan;
  • 2021-yilda bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari va so‘zda mustaqil jurnalistlar Milliy Demokratiya jamg‘armasidan 90 000 dan 220 000 dollargacha bo‘lgan grantlar olgan;
  • kloop.media, Mediahub, kaktus.media, PolitKlinika, factcheck.kg, T-Media va boshqa bir qator axborot agentliklari har yili xorijiy donorlardan 600 ming AQSH dollaridan ortiq miqdorda grant mablag‘larini oladi;
  • jami 2017-yildan 2020-yilgacha Demokratiyani qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasi Qirg‘iziston nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar va blogerlarga 8 471 614 dollar o‘tkazdi.
“Grant mablag‘lari so‘z erkinligi, media hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash, mustaqil jurnalistikani rivojlantirish kabi loyihalar doirasida ajratilmoqda. Biroq, haqiqatda ma’lum bo‘lishicha, tegishli grant mablag‘lari maqsadli ishlatilmayapti — hokimiyatni obro‘sizlantirish, davlat siyosatini qoralash, konstitutsiyaga zid chaqiriqlar va umuman, milliy xavfsizlikka tahdid soladigan soxta ma’lumotlarni tarqatish siyosati olib borilmoqda”, — dedi Sadir Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chet el manbalaridan tegishli grant mablag‘larini olayotgan alohida jurnalist va blogerlarning shaxsiy boyib ketish holatlari mavjud. Masalan, hibsga olinganlar orasida nashr bosh muharrirlaridan biri moliyaviy manbalari aniq belgilanmagan holda birgina so‘nggi yillarda bir qancha qimmat ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar ma’lumotlari bilan tasdiqlangan shunga o‘xshash boshqa ko‘plab faktlar mavjud.

“Internet blogerlar faqat pul uchun qanday qilib chiroyli hisobot berishni biladi, lekin aslida ularning nashrlariga hech kim ishonmaydi. Yaqqol misol, hibsga olinganlarni ozod qilishni talab qilib, oddiy xalq chiqmadi. Odamlar ular o‘zlariga ajratilgan mablag‘larni asossiz va isbotsiz hokimiyatni qoralab ishlatayotganini tushunadi. Balki shuning uchun ham mahbuslar o‘zlariga e’tibor qaratishga qaror qilib, mamlakat qonunchiligiga zid bo‘lgan bunday qadamga borishgandir”, — deya xulosa qildi Japarov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »