Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda politsiya bir qancha mustaqil nashrlar jurnalistlarining ofis va uylarida tintuv o‘tkazdi.

Foto: AA

“24.kg” xabariga ko‘ra, 15-yanvar kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tahririyat binosiga kelgan. Bosh direktor Asel Otorboyeva, bosh muharrirlar Anton Limar va Maxinur Niyozovalar so‘roqqa olib ketilgan. Tahririyatda tintuv o‘tkazilgan. Tahririyat jihozlari va xodimlarning shaxsiy telefon raqamlari musodara qilingan.

Shuningdek, OAVda 16-yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi xodimlari boshqa bir qator mustaqil ommaviy axborot vositalarida ham tintuv o‘tkazgani, 11 nafar jurnalist va OAV xodimlarini so‘roqqa olib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, Temirov Live va “Ayt Ayt Dese” jamoasi a’zolari Maxabat Tojibek qizi, Azamat Ishenbekov va Sapar Akunbekovlar qo‘lga olingan. “PolitKlinika” jurnalistlari Tinistan Asipbek hamda “Archa Media” jurnalistlari Saypidin Sultonaliyevlar ham hibsga olingan. Keyinroq Joodar Buzumov va Ayka Beyshekeyevaning qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.

BMT bayonoti

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Liz Trosselning aytishicha, tashkilot Qirg‘izistonda jurnalistlarning hibsga olinishidan xavotirda.

“Hukumatning so‘nggi harakatlari fuqarolik jamiyati faollari, jurnalistlar va hokimiyatning boshqa tanqidchilariga nisbatan kengroq bosimning bir qismi bo‘lib ko‘rinyapti. Inson huquqlari, jumladan, so‘z erkinligining qonuniy amalga oshirilishi uchun jazo sifatida hibsga olish xalqaro inson huquqlari qonuniga ziddir”, — deydi Liz Trossel.

U rasmiylarni so‘z erkinligini himoya qilishga va OAV qonunchiligi xalqaro inson huquqlari standartlariga mos kelishini ta’minlashga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »