Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston hukumati bu hafta “Temirov Live”, “Ayt Ayt Dese”, “PolitKlinika” va “Archa Media” kompaniyalarining 11 nafar jurnalistini hibsga oldi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Kollaj: Ozodlik

15-yanvar kuni Bishkek politsiyasi 24.kg mustaqil gazetasi tahririyatida reyd o‘tkazdi va uning direktori hamda ikki yetakchi muharrirni qisqa muddatga hibsga oldi va so‘roq qildi.

16-yanvar kuni politsiya 11 jurnalistni hibsga oldi, deya xabar beradi OAV va inson huquqlari tashkilotlari. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar mamlakat elitasi o‘rtasida gumon qilinayotgan korrupsiyani tergov qilishgan.

“Shubhali ayblovlar asosidagi hibsga olishlarning bu to‘lqini mahalliy jurnalistik tergovni yo‘q qilishdan iborat”, — deydi “Chegara bilmas muxbirlar”ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Jan Kavelye.

17-yanvar kuni Pervomay tuman sudining tergov sudyasi qaror qabul qilib, barcha 11 nafar OAV vakillarini ikki oy muddatga poytaxtdagi 1-sonli tergov izolyatoriga qamab qo‘ydi.

“Hibsga olinganlar Maxabat Tajibek qizi, Sapar Akunbekov, Azamat Ishenbekov, Saipidin Sultonaliyev, Aktilek Kaparov, Tinistan Asipbekov, Maksat Tajibek o‘g‘li, Joodar Buzumov, Jumabek Turdaliyev, Ayke Beyshekeeva va Akil Orozbekovlardir”, — deb yozadi 24.kg nashri.

Ularning barchasi “Temirov Live” kompaniyasining sobiq yoki hozirgi xodimlari.

16-yanvar kuni Temirov Live ofisida tintuv o‘tkazilib, tahririyat jihozlari olib qo‘yilgan. Politsiya uylarni tintuv qilib, nashrning 11 nafar amaldagi va sobiq xodimini hibsga olgan.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi 2023-yil 30-dekabr kuni “Temirov Live” va “Ayt Ayt Dese”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridagi kontent yuzasidan o‘tkazilgan “sud-lingvistik ekspertiza” natijalariga asosan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 278-moddasi “Ommaviy tartibsizliklarga chaqiruvlar” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. 

Maxabat Tajibek qizi va Azamat Ishenbekovga Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 41 (2-qism) va 278 (3-qism) moddalari — ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda sheriklik bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »